4 Yurishlik Mot
Eng oddiy shaxmat o'yini gaysi?
4 yurishlik mot ("olimning moti") shaxmat o'yinini tugatishning eng oddiy ko'rinishidir. Barcha shaxmat o'yinchilari hayotlarida qachondir shunday motga duch kelishgan.
Lekin qo'rqadigan hech narsa yo'q! Agar siz qanday himoyalanishni bilsangiz, Oqlarning pozitsiyasi tugab qoladi.
4 yurishlik mjot bir necha yo'llar bilan sodir bo'lishi mumkin, lekin asosiy namuna Oqlarning 1. e2-e4 yurishi bilan boshlanib, f7 piyodaga hujum qilish uchun filni c4 katagiga joylashtirib, farzinni h4 (yoki f3) katagiga joylashtiradi. Agar qoralar himoyalanmasa, Oqlar 4. Qxf7 bilan mot qo'yishi mumkin.
Qoralar qanday qilib 4 yurishlik motdan himoyalanishlari mumkin? Buning uch yo'li bor: ... Qe7, ...Qf6, va ...g6 hammasi Oqlarning mot qo'yish xavfini bartaraf etadi.
Qoralar motni oldini olganidan keyin, oq farzin hujum ostida qolib ketishi ehtimoli bor. Qoralar farzinga hujum qilish bilan birga, o'z donalarini ham rivojlantirishlari kerak.
Mana endi bunday tuzoqdan qutulish yo'lini bilar ekansiz, Chess.com da akkaunt ochib, biroz o'ynab ko'rmaysizmi?