Articles
Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

CHESScom
| 142 | Fun & Trivia

"Necha odam shaxmat o'ynashini hech kim hattoki taxminan ham bilmaydi va hech kim bilishga da'vogarlik qila olmaydi" -- Edward Winter1

Shaxmat dunyoda eng mashhur o'yinmi?

Hech kim aniq aytolmasada, bu yerda shaxmat o'yinchilari, Chess.com a'zolari, turnir o'yinchilariva grosmeysterlar sonining taxminiy bahosi bor.

Jami O'yinchilar: 600,000,000

O'tgan yilda o'ynagan shaxmat o'yinchilari sonining bu taxminiy o'lchovi FIDE (Federation Internationale des Echecs) tomonidan 2012 yilda aytilgandi2. Bu son YouGov tomonidan o'tkazilgan so'rovnomalarga ko'ra hisoblab chiqilgan.

Boshqa o'gzaki aytilgan raqamlar bahosi milliardgacha va FIDE'ning oldingi bahosi 200-300 millonni ham o'z ichiga olishi mumkin3. Hech kim bu raqamlarning haqiqiy qiymatini bilmasada, shaxmat dunyoda o'ynaladigan o'yinlar ichida hozirda va o'tmishdagi eng ommabop o'yinlardan biri ekanligi ko'rinib turibdi.

Chess Players In Central Park | Robert Hess

New York joylashgan Markaziy Parkdagi shaxmat o'yinchilari. | Foto: Robert Hess.

Chess.com A'zolari: 20,000,000+

Ushbu maqolani yozish vaqtida Chess.com a'zolari 20,000,000 dan oshdi. Chess.com a'zolaridan onlayn bo'lganlarning soni Chess.com bosh sahifasida doimo ko'rinib turadi.

Bulardan qariyib million a'zolar kundalik faol bo'lib turadilar. Chess.com dunyoda eng ommabop vebsayt va mobil ilovaga ega bo'lsada (eng yaxshi ham bizning fikrimizcha), lekin boshqa bir necha millionlab o'yinchilar boshqa saytlarda, mobil ilovalarda va taxtada ham o'ynab turadilar.

Chess.com ni o'zingiz uchun sinab ko'rmoqchimisiz? Bugunoq a'zo bo'ling!

20,000,000 members on Chess.com

Turnir O'yinchilari: 360,000+

FIDE ma'lumotlar bazasida 360,000 faol turnir o'yinchilari bor4. Shaxmat o'yinchilari reytingli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishsa, ular Fide o'yinchilari deb qayd etiladi. Bunday musobaqalar barcha qiziquvchi o'yinchilar uchun ochiq bo'lsada, faqatgina jiddiyroq o'ynaydigan o'yinchilargina ularda yaxshi natija ko'rsata oladilar.

185 mamlakat FIDE a'zosi hisoblanadi5. Ularning ko'pchiligi o'zlarining milliy musobaqalaridagi o'yinchilarni qayd etib borishadi. Masalan, 1012 yilda AQSH Shaxmat Federatsiyasi o'z a'zolaridan 85,000 turnir o'yinchilari sifatida qayd etilganini ta'kidlab o'tgan6. Ulardan ma'lum bir qismi FIDE tomonidan qayd etilgan.

FIDE Chess

Grosmeysterlar: 1594 va o'zgarib turadi

Shaxmatdagi eng yuqori unvon FIDE tomonidan taqdim etiladigan GM (Xalqaro Grosmeyster7). Grosmeyster unvonini olish uchun o'yinchi o'yindan juda yuqori faollik ko'rsatishi, uchta "grosmeysterlar normasi" ega bo'lishi va 2500 Elo reytingiga ega bo'lishi kerak. Turnir o'yinchilarining kam foizi bu darajaga erisha oladilar.

Bu maqolani yozish vaqtida dunyoda 1,594 grosmeysterlar bor. Bulardan, 1,558 tasi erkak va 35 ta ayol. Bu nisbat erkak va ayol shaxmat o'yinchilariga mutanosibdir.

Judit Polgar

GM Judit Polgar 15 yosh, 4 oyligida Xalqaro Grosmeyster unvonini olgan. O'shanda u eng yosh GM edi. | Foto: Wikipedia.

Atamalar:

  1. Edward Winter on counting chess players
  2. FIDE press release
  3. David Kaplan, CEO of Development for FIDE
  4. FIDE member list
  5. FIDE
  6. US Chess
  7. Grandmaster
More from CHESScom
Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy

Eng yaxshi shaxmat sayti qaysi?

Eng yaxshi shaxmat sayti qaysi?