Dunyodagi eng yaxshi shaxmat o'yinchisi kim?
Balki siz kimdandir "Men shaxmatda barcha do'stlarimni enga olaman" yoki "Men maktabimda eng yaxshi shaxmat o'yinchisiman" kabi gaplarni eshitgan bo'lishingiz mumkin. Shunda sizda tabiiy savol tug'iladi "Dunyodagi eng yaxshi shaxmat o'yinchisi kim?"
Hozirda dunyodagi eng yaxshi o'yinchi Magnus Karlsondir. Magnus 2013 yildan hozirgacha shaxmat bo'yicha jahon chempionidir.
U 1990 yilda Norvegiyada tavallud topgan. U 5 yoshida shaxmatni o'rgangan. U 13 yoshida yuksak iste'dod sohibi ekanligini ko'rsatib, shaxmat tarixida eng yosh grosmeysterlardan biri hisoblanadi. Magnus bir necha bor jahon chempionligi uchun o'yinlar, xalqaro musobaqalar va onlayn musobaqalarda g'alaba qozondi. U shaxmatning har qanday format: uzoq davom etadigan musobaqalr va onlayn blitz o'yinlarda dunyoning eng yaxshi o'yinchisi hisoblanadi.
Magnusni dunyodagi eng yaxshi o'yinchi bo'lishining asosiy sababi uning o'yinida xatolar yo'q. U yoshligida aggressiv o'yinchi sifatida o'zini namoyon qilgan bo'lsa, hozirga kelib uning o'yinlari barcha qirralarda mustahkamlangan. U ko'p tavakkal qilmay turib xavf tug'dirishi mumkin. U debyutlar, o'rta o'yiinlar va endshillarda kuchli o'yin korsatadi. U strategik va pozitsion o'ynaydi, lekin u ham ba'zida taktik imkoniyatlardan foydalanmaydi. Agar unda biroz ustunlik paydo bo'lsa, u buni qanday qilib yutuqqa aylantirishni biladi.
Ko'p kishilar hozirda Magnus Karlson faqat eng yaxshi o'yinchi emas, balki shaxmat tarixida eng kuchli o'yinchi deb hisoblaydilar.
Magnus Karlsonning ajoyib nokaut o'yinlaridan birini e'tiboringizga havola etamiz. Bu sizga u nima uchun jahon chempioni ekanini tushunishingizga yordam beradi.
"Dunyodagi eng yaxshi shaxmat o'yinchisi kim?" degan savolning statistik javobini bilish uchun Chess.com ning to'la-to'kis tahili bilan tanishing.