Articles
Eng ajoyib 7 ta Shaxmat Rekordlari

Eng ajoyib 7 ta Shaxmat Rekordlari

SamCopeland
| 191 | Fun & Trivia

Rekordlar bizni buyuklik sari intilishga ilhomlantiradi. Shaxmatda bir necha o'n yillardan beri saqlanib kelinayotgan rekordlar bor va ularning ba'zilari asrlargacha o'zgarmaydi.

Quyida tarixda sodir bo'lgan eng ajoyib shaxmat rekordlari keltirilgan.

Eng Uzoq Ketma-ket Yutuqlar: Jahon Chempioni Bobby Fischer - 20 (yoki 19?) O'yinlar

Bobby Fischer, World Chess Champion

Bobby Fischer, ketma-ket master shaxmatdagi g'alabalari bo'yicha jahon rekordi sohibi. | Foto: Wikipedia.

Chempionlik uchun o'yinlarda Boris Spassky bilan eng cho'qqiga yetga o'yinda, Bobby Fischer yuksak musobaqalarda 20 o'yinda g'alaba qozongan. Uning g'alabalari 1970 yilda Palma de Mallorca Interzonal'dagi o'yinlarda qatorasiga 7 o'yinda g'alaba qozonish bilan boshlangan. Oscar Panno o'yindan mahrum etilganligi uchun bu o'yinni ba'za tarixchilar hisobga qo'shishmaydi.

1971 yildagi Nomzodlar o'yinlarida Fischer Mark Taimanov va Bent Larsenni yengib mukammal 6-0 hisobga erishdi. Keyingi o'yinda Tigran Petrosianni yengib, ikkinchi o'yinda mag'lubiyatga uchrab ketma-ketlik yakunlanadi.

Fischer keyinchalik Petrosian hamda Boris Spasskyni yengib chempion bo'ladi.

Solishtirmalar:

  • Jahon Chempioni Bobby Fischer - 1963/4 yillarda AQSH Chempionatidagi natijasi 11/11
  • GM Fabiano Caruana - 2014 Sinquefield Kubogida Yettita G'alaba

Eng Uzoq Mag'lubiyatsiz Ketma-ketlik: Jahon Chempioni Mixail Tal - 95 O'yin

Mikhail Tal, World Chess Champion

Mixail Tal, qatorasiga mag'lubiyatsiz master o'yinlar bo'yicha jahon rekordchisi. | Foto: Wikipedia.

Mixail Tal 1960 yilda Mixail Botvinnikka qarchi chempionlik matchida o'zining kreativ hujumkor o'yinlari bilan mashhur bo'ldi. Ushbu matchda g'alaba qozonib, u 23 yoshida eng yosh jahon chempioni bo'ldi: boshqa rekord, Garri Kasparov 2985 yilda 22 yoshida Anatoliy Karpovni yengib jahon chempioni bo'ldi.

Talning karyerasi sog'liq va nomuqobil o'yinlaridan aziyat chekkani uchun ba'zilar uning keyingi ajoyib yillaridagi o'yinlarini e'tibordan chetda qoldirishlari mumkin. 1973 yil 23 oktyabrdan 1974 yil 16 oktyabrgacha, u qatorasiga 95 o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazib, boshqalar yaqin kelolmaydigan natijaga erishdi.

Solishtirmalar:

  • Mixail Tal (yana) - 1972 yil Iyuldan 1973 yil Aprelgacha 85 O'yin
  • Jahon Chempioni Xose Kapablanka - 1916 yil 10 fevraldan 1924 yil 21 martgacha 63 O'yin

Eng Uzoq Vaqt Jahon Chempioni - Emanuel Lasker - 27 Yil

Emanuel Lasker, World Chess Champion

Emmanuel Lasker, eng uzoq jahon chempioni. | Foto: Wikipedia.

Emanuel Lasker 1894 yilda Wilhelm Steinitzni yengib ikkinchi jahon chempioni bo'ldi. U o'z unvonini 1921 yil Xose Raul Kapablankadan yengilgungacha saqlab qoldi. U 1930 yillargacha yuksak saviyali musobaqalarda ishtirok etdi. Uning chempionligi Birinchi Jahon urushi tufayli Rebinstein va Kapablanka bilan o'yinlari qoldirilishi bilan uzaygani tez-tez aytiladi. Hattoki shu yillar hisoblanmaganida ham uning chempionligi boshqalardagiga nisbatan ancha uzoqroq sanaladi.

Solishtirmalar:

  • Jahon Chempioni Garri Kasparov - 1985 yildan 2000 yilgacha 15 Yil
  • Jahon Chempioni Mixail Botvinnik - 1948 yildan 1963 yilgacha ketme-ketsiz 13 Yil

Eng Yuqori Elo Reytingi: Jahon Chempioni Magnus Karlsen - 2882

Magnus Carlsen, World Chess Champion

Jahon Chempioni Magnus Karlsen. barcha davrlardagi eng yuqori reytingli o'yinchi. | Foto: Maria Emelyanova.

Magnus Karlsen 2014 yil mayda FIDE ro'yxatida o'z izini qoldirdi. Norasmiy jonli reyting hisobda u hattoki 2889 reytingga chiqqan. Ba'zilar reytingda tushib ketish bu reytingni ma'nosiz deb hisoblaydi, lekin Chess.com tahlillari shaxmat qobiliyati vaqt o'tishi bilan yaxshilanishini ko'rsatadi.

Ushbu maqolani yozish vaqtdi, 12 ta o'yinchi 2800 reytingiga yetgan. Karslen 2900 reytingga yaqin kelgan yagona o'yinchi hisoblanadi.

Solishtirmalar:

  • Jahon Chempioni Garri Kasparov - 1999 yilda 2851
  • GM Fabiano Karuana - 2014 yil Oktyabrda 2844

Eng Yosh Grosmeyster: GM Sergey Karyakin - 12 yosh 7 oylik

Sergey Karjakin, Chess Prodigy

GM Sergey Karyakin, barcha davrlardagi eng yosh grosmeyster. | Foto: Maria Emelyanova.

Karyakin ushbu maqola yozilishi vaqtida 12 yoshida grosmeyster unvonini olgan yagona o'yinchi. Karyakin 12 yoshidayoq ilk marotaba chempionlik uchun matchdagi tajribaga ega bo'ldi, u Ruslan Ponomaryovning Vasiliy Ivanchukka qarshi FIDE chempionligi matchida unga sekundant bo'ldi.


2016 yilda Karyakin jahon chempionligi uchun Magnus Karlsenga qarshi o'ynadi. Ushbu match har bir tomon bittadan g'alabaga erishib 6-6 durangdan so'ng rapid o'yinlar orqali Karlsen g'alabasi bilan yakunlandi.

Solishtirmalar:

  • Jahon Chempioni Bobby Fischer - 15 yosh 6 oylik, 1 kunlik 1958 yilda
  • GM Judit Polgar - 15 yosh, 4 oylik, 28 kunlik 1991 yilda

Eng Ko'p Bir Vaqtdagi O'yinlar: GM Ehsan G'aem Mag'ami - 604 O'yin

Ehsan Ghaem Maghami, Simultaneuos Chess

GM Ehsan G'aem Mag'ami, bir vaqtdagi o'yinlar bo'yicha jahon rekordchisi. | Foto: Wikipedia.

Bir vaqtdagi o'yinlar namoyishi bir necha raqibga qarshi bir vaqt o'ynaladigan o'yinlardir. Odatda, raqiblar bir qatorda yoki aylanada o'tiradilar va usta ularni aylanib chiqib, har bir raqibga qarshi yurishlar qiladi.

To'qqiz karra Eron chempioni Ehsan G'aem Mag'ami bir vaqtda o'ynaladigan o'yinlar bo'yicha jahon rekordini o'rnatish uchun 604 kishiga qarshi o'ynadi. U Tehrondagi o'yin namoyishida 580 o'yinda g'alaba qozondi, 16 o'yinda durang va 8 o'yinni mag'lubiyat bilan yakunladi. Namoyish 2011 yil 8-9 fevral kunlari Shahid Beheshti Universiteti Stadionida o'tkazilgan.

Solishtirmalar:

  • Susan Polgar - 326 Raqib, 309 G'alaba, 14 Durang, 3 Mag'lubiyat 2005 yilda
  • Xose Raul Kapablanka - 103 Raqib, 102 G'alaba, 1 Durang 1922 yilda

Bir Vaqtda Ko'rmasdan Eng Ko'p O'yinlar: GM Timur Gareyev - 48 O'yin

Timur Gareyev, Blindfold Chess

Timur Gareyev, ko'rmasdan shaxmat o'ynash bo'yicha jahon rekordchisi. | Foto: Mayk Klein.

Shaxmatdagi ajoyib jasoratlardan biri ko'rmasdan o'ynashdir. Ko'rmasdan o'ynashda o'yinchiga taxtaga qarashga ruxsat berilmaydi. O'yinchilar yurishlar davomida butun pozitsiyani yurish qaydnomasi orqali xotiralarida saqlashlari lozim. Bir vaqtdagi ko'rmasdan o'ynash namoyishida, namoyishchi bir vaqtda shaxmatdagi hayratlanarli qobiliyat va diqqatni talab qiluvchi barcha pozitsiyalarni xotirasida saqlab qolishi kerak.

Timur Gareyev 2016 yil 3-4 dekabrda 48 raqibga qarshi o'yinlarda jahon rekordini o'rnatdi. U 35 g'alaba, 7 durang va 6 mag'lubiyat natijaga erishdi. Chess.com'ning jahon rekordlari qaydnomasi bilan ushbu tajribani qayta jonlantiring.

Solishtirmalar:

  • FM Marc Lang - 2011 yilda 46 raqib
  • GM Miguel Najdorf - 1947 yilda 45 raqib

O'z shaxmat rekordingizni o'rnatish uchun ilhon oldingizmi? Bugun Chess.com'da akkaunt ochib shaxmat o'rganishni boshlang!

SamCopeland
NM Sam Copeland

I'm the Head of Community for Chess.com. I earned the National Master title in 2012, and in 2014, I returned to my home state of South Carolina to start Strategery: Chess and Games. In late 2015, I began working for Chess.com and haven't looked back since.

You can find my personal content on Twitch , Twitter , and YouTube where I further indulge my love of chess.