Articles
Qanday qilib shaxmatni yaxshi o'ynash mumkin

Qanday qilib shaxmatni yaxshi o'ynash mumkin

CHESScom
| 115 | For Beginners

Dunyo bo'yicha millionlab kishilar shaxmat o'ynashadi - lekin qanday qilib shaxmatni yaxshi o'ynash mumkin?

1. "Shaxmatni yaxshi o'ynashni" ma'nosini aniqlab oling
Ba'zi kishilar uchun "shaxmatni yaxshi o'ynash" o'rtacha o'yinchini yengishni bildiradi. Agar siz xam shunday o'ylasangiz, sizga 1200-1400 reytingi yetarlidir. Shunday darajada siz shaxmatda yurishlarni biladigan kishilarni yengishingiz mumkin. Boshqa kishilar uchun esa, "shaxmatni yaxshi o'ynash" bir necha yillar davomida o'ynab kelayotgan o'yinchilarni yengishni bildiradi. Bu 1600 dan ortiq reytingga ega bo'lish deganidir.

Shu bilan birga, boshqa kishilar uchun "shaxmatni yaxshi o'ynash"ning ma'nosi "hech qachon yutqazmaslik" yoki "men o'ynaydigan har qanday raqibni yengish" ni bildiradi. Aslida esa... agar siz Magnus Karlson bolmasangiz, buning iloji yo'q. Siz HAM yutasiz HAM yutqazasiz. Shuning uchun asosli maqsad qo'yib, unga erishishga harakat qiling!

2. Bir qancha boshqotirmalarni mashq qiling

Shaxmatni yaxshi o'ynashda eng asosiysi taxtani baholay olish qobiliyatingizni yaxshilanishi hisoblanadi. Agar siz nima noto'g'ri ekanligini payqab hamda raqibingizni xatolarini ko'ra olsangiz, sizda yutish imkoniyati yuqori bo'ladi. Siz taktik qobiliyatingizni bizning Taktik Trenerimiz orqali yaxshilashingiz mumkin.

3. Har doim o'yiningizni kompyuter bilan tahlil qiling

O'yinlaringizni tahlil qilmasdan turib, shaxmatni yaxshi o'ynashingizni iloji yo'q. Shaxmatda usta bo'lish uchun o'z o'yinlaringizni o'rganish quroli sifatida ishlatishib, qayerda xato yoki to'g'ri yurish qilganingizni ko'rib olishingiz kerak bo'ladi. Chess.com sizga avtomatlashtirilgan kompyuter tahlili asosida qanday o'ynaganingni ko'rib chiqish taklifini beradi.

Har bir o'yindan keyin "Kompyuter Tahlili" tugmasini bosing.

4. O'rganish rejasini tuzing

Agar siz reja asosida ish olib borsangiz, shaxmat har doim o'sishingiz mumkin. Siz o'zingizning o'rganish reja va jadvalingizni tuzishingiz, yoki Chess.com ning tekin o'rganish rejasidan foydalanishingiz mumkin..


5. Sabrli bo'ling

Shaxmat yaxshi o'ynash bir kunda sodir bo'lmaydi. Shaxmat bir necha yil o'rganish va o'ynash kerak bo'lgan chuqur xisob-kitobli o'yin hisoblanadi. Xatolar va yutqazganingiz uchun tushkunlikka tushmang - bu yaxshi o'yinchi bo'lib yetishishda kerakli ingrediyentdir.

Ko'pchilik kishilar uchun "shaxmatni yaxshi o'ynash" hayot davomida o'rganilishi kerak bo'lgan narsadir. Shunday qilib "yaxshi" so'zining ma'nosi siz uchun yuqori bo'lib boraveradi. Shuning uchun qanday darajada bo'lishingizdan qat'iy nazar o'yindan zavq oling.

Agar siz "yaxshi o'ynash" uchun onlayn shaxmat izlayotgan bo'lsangiz, Chess.com ga bugun a'zo bo'ling.

More from CHESScom
Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy