Articles
Shaxmat o'yinini qanday tashkil qilish mumkin

Shaxmat o'yinini qanday tashkil qilish mumkin

CHESScom
| 55 | For Beginners

Shaxmat o'yinini tashkil qilish oson, faqat uni o'ynash qiyinroqdir.

O'yinni quyidagicha tashkil qilish mumkin.

1-qadam: Qayerda o'ynashga qaror qiling
Siz do'stingiz bilan haqiqiy taxtada o'ynashni hohlaysizmi? Yoki millionlab kishilar ichidan birortasi bilan onlayn o'ynamoqchimisiz? Ikkala qaror ham to'g'ridir!

Haqiqiy taxtada o'ynash uchun sizga shaxmat donalari va taxtasi kerak bo'ladi. Onlayn o'ynash uchun esa Chess.com ga a'zo bo'lish yetarli. (bu tekin)

2-qadam: Taxtani joylashtiring.

O'yin boshlashdan oldin taxtani joylashtirish kerak. Agar bu o'yinga endigina kirib kelgan bo'lsangiz, taxtani qanday joylashtirishni ko'rib chiqing. Agar onlayn o'ynasangiz, taxta siz uchun terilib beriladi.

3-qadam: Raqibingizni chorlang
Agar siz uyingizda o'ynamoqchi bo'lsangiz, do'stingiz bilan yuzma-yuz turib o'ynashingiz mumkin. Agar onlayn o'ynamoqchi bo'lsangiz, biror tasodifiy raqib yoki do'stingizni chorlashingiz yetarli. Eng yaxshi o'yinchi yutsin!

4-qadam: Birinchi yurishingizni qiling.

O'yin boshlangandan keyin, birinchi yurishni qilish kerak bo'ladi. Agar siz qanday yurishni bilmasangiz, bizning shaxmat qoidalari haqidagi maqolamizni o'qib chiqing. Agar siz qanday o'ynashni bilsangiz, lekin qanday debyutlar eng yaxshi ekanini bilmasangiz, boshlovchilar uchun eng yaxshi debyutlar haqidagi maqolani o'qib chiqing.

5-qadam: Munosib raqib bo'ling
Biror kishiga qarshi o'ynayotganda oltin qoidalarni yodga oling. Ular sizga qarshi qilmasligi kerak bo'lgan narsani o'zingiz ham qilmang. Bu o'ynamasdan kutib turish, o'yinni erta tark etish yoki nojo'ya sozlar aytishdir. Esli-hushli raqib boling va siz o'yindan (va hayotdan) zavq olasiz.

Agar siz ajoyib shaxmat o'yinini tashkil qilish haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, Chess.com ni sinab ko'ring.

More from CHESScom
Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy