Articles
Shaxmatda qanday qilib g'alaba qozonish mumkin?

Shaxmatda qanday qilib g'alaba qozonish mumkin?

CHESScom
| 136 | For Beginners

Shaxmatning maqsadi raqibingizni mot qilishdir.

Mot shohga biror bir figura hujum qilganda, u qochish uchun yo'li bo'lmaganda yuz beradi. O'sha vaziyatda, o'yin yakunlangan hisoblanadi. Lekin mot shunchaki tayyorgarliksiz ro'y bermaydi.

O'yinda g'alaba qozonish uchun siz quyidagi oltita ishni bajarishingiz kerak:

1. Debyutni Yaxshi Boshlashingiz Kerak
Ilk yurishlaringizning maqsadi taxtada nazorat o'rnatish hisoblanadi. Taxtaning muhim bo'lagi markaz hisoblanadi. Agar siz figuralaringiz bilan markazni boshqarsangiz, o'yinni qanday davom etishini belgilagan bo'lasiz. Quyidagi vaziyatda, Oqlarning ikkita piyodalari taxta markazini to'la boshqarib turibdi, Qoralar esa hech qanday ta'sir ko'rsata olmaydi.

2. Figuralaringiz shunchaki berib yubormang

Figuralarni almashish shaxmatning bir qismidir, lekin siz teng kuchli figuralarni ayriboshlashingiz lozim. Ko'p o'yinchilar piyodalarini yoki boshqa figuralarini shunchalik berib yuborish oqibatida yutqazishadi. Aslini olganda, siz raqibingizni figuralarini tekinga olishga harakat qilishingiz kerak. (lekin qopqonlardan ehtiyot bo'ling).

3. Figuralaringizni yaxshi joylashtiring
Shohga yetib olish uchun, figuralaringizni hujumkor kataklarda joylashtirishingiz kerak. Buning uchun bir necha variantga ega figuralarga ega bo'lishingiz kerak.

Piyodalar kataklarni nazorat qiladi, Otlar markazda bo'lishni yaxshi ko'rishadi, Fillar uzoq diagonalda bo'lishni, To'ralar esa markazda yoki ochiq yo'llarda joylashishni yaxshi ko'rishadi. Farziningiz doimo maqsadli yurishga tayyor bo'lishi kerak.

4. Shohga hujumni tashkil qiling
Odatda siz bitta figura bilan shohni mot qilolmaysiz. Buning uchun figuralar birgalikda ishlashlari lozim. Ko'pincha siz shoh beganingizda, o'sha figurangizni boshqa bir figurangiz himoya qilib turishi kerak, toki Shoh bu figurani olib qo'ymasin. Ba'zida esa raqib himoyasini yorib o'tish uchun bir necha qurbonliklar qilishingiz ham kerak bo'ladi.

5. O'z shohingizni xavfsizligini ta'minlang

Ba'zida o'yinchilar raqib shohiga quvishga shunchalik berilib ketishadiki, natijada o'z shohlari unutib qo'yishadi. Esdan chiqarmangki, raqib ham o'ynayapti va u ham sizni shohingizga hujum qilishni poylab turibdi. Raqibingizni har bir yurishini sinchkovlik bilan tekshirib boring. Shohni homoya qilishni eng yaxshi yo'llaridan biri, uni piyodalar ortiga joylashtirishdir. Quyidagi vaziyatda, Oq shoh qulay va xavfsiz, Qora shohga esa osonlikcha hujum qilish mumkin.

6. Har doim faol bo'ling

Yutish yoki yutqazishingizdan qat'iy nazar, raqibingizni doima tabriklab, unga o'yin uchun raxmat ayting. Yutish ham yutqazish ham o'yinning bir qismidir. Hattoki dunyodagi eng yaxshi o'yinchilar ham yutqazishadi.

Shuning uchun o'yin tugaganda minnatdor bo'ling, va keyingi o'yinda yaxshiroq o'ynash uchun nima qilishingiz mumkinligi haqida yaxshilab o'ylab ko'ring.

Be a good sport.

Shaxmatda g'olib bo'lish haqida ko'rsatmalar uchun, Chess.com ga a'zo bo'ling. Bu tekin va oson!

More from CHESScom
Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy